DIQQAT EʼLON!!! 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy IV Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!



DIQQAT EʼLON!!! 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy IV Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 6-10-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida "SPORT TARIXIDA MATONATLI AYOL SIYMOSI!" nomli IV Respublika fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 6-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.

Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

Fotoko‘rgazma 10-martgacha davom etadi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati