DIQQAT E’LON!
O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi davrida yozilgan yozma manbalar, maktublarni davlat saqloviga qabul qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur manbalar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan nashr etiladigan “ASKAR MAKTUBLARI” nomli kitob-albomida chop etiladi.
Shu munosabat bilan barchangizni mavzu bo‘yicha yozma manbalarni davlat saqloviga topshirishga chaqirib qolamiz! O‘zbekiston Milliy arxivi Siz tomondan topshirilgan yozma manbalarni maqbul sharoitda saqlovini ta’minlab, restavratsiya qilib, kelajak avlodlarga bus-butun yetkazilishini to‘liq kafolatlaydi!
Barcha savollar bo‘yicha O‘zbekiston Milliy arxivi Axborot xizmatiga (99 828-89-05, 71-277-04-80) murojaat etish mumkin.