‼️DIQQAT E‘LON‼️ HURMATLI JURNALISTLAR, BLOGERLAR HAMDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI!

Joriy yilning 5-may kuni, soat 10:00 da, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi binosida “9 may - Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini namoyish etuvchi “Vatan fidoyi farzandlarini hech qachon unutmaydi” shiori ostida “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” arxiv hujjatlari va muzey eksponatlari ko‘rgazmasiga taklif etamiz.

Vaqti: 5-may, soat 10:00 da

Manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi 3-uy


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati