Do‘stlik jamiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining Respublika baynalmilal madaniyat markazida 2022 yil 1 iyul kuni  O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi faoliyatlari negizida “O‘zbekiston - Rossiya” Do‘stlik jamiyatining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda jamiyatning yangi tarkibdagi a’zolari, istiqbolli va joriy yil ish rejalari, ma’lum muddat faoliyati to‘xtab qolgan jamiyatning ishlarini yanada faollashtirish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. “O‘zbekiston - Rossiya” Do‘stlik jamiyati raisi Alisher Shayxov tomonidan O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori A.V.Mahkamovning jamiyat a’zosi etib saylanishi va respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqalar hamda amaliy hamkorlikni ta’minlashda milliy arxivning alohida roli ta’kidlandi. Eslatib o‘tamiz, Qo‘mita huzurida 27 Milliy madaniy markazlar, 20 ortiq Do‘stlik jamiyatlari faoliyat olib bormoqdalar.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati