Dunyoda ona-yurtni himoya qilishdan ortiq muqaddas burch yo‘q

Dunyoda ona-yurtni himoya qilishdan ortiq muqaddas burch yo‘q


Dunyoda ona-yurtni himoya qilishdan ortiq muqaddas burch yo‘qdir. Vatanni himoya qilish – o‘z ota onasini himoya qilish demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va mushtarak ekanini har qachongidan ham teran his etmoqligimiz” lozimdir.
Buning uchun har bir yigit-qiz yoshlikdan qo‘rqmas, jasur, jismonan baquvvat, eng asosiysi, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayish kerak. Ona vatanimizning ertasi, uning gullab-yashnashi uchun har birimiz his qilmog‘imiz darkor.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoyishiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2019 yil 15 dekabrdan 2020 yil 15 yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturi doirasida Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Jizzax viloyat davlat arxivida Markaziy harbiy okrugi 23340-sonli Harbiy qismining bir gurux harbiy xizmatchilari tomonidan ekskursiya o‘tkazildi.
14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Kazakov Azamat Ochilboyevich, arxiv soxasi xodimlari nomidan ekskursiyaga kelgan harbiy xizmatchilarni tabrikladi. Viloyat arxiviga bayram kunlari tashrif buyurganiligi, bu unutilmas kunligi, xozirgi vaqtda tinchlik posbonlari bo‘lgan harbiy xizmatchilarning o‘rni beqiyosligi va arxiv soxasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, viloyat arxivi saqlovidagi ahamiyatli hujjatlar xaqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o‘tdi. Suhbat so‘ngida harbiy qism ma’naviyat va ma’rifat burchagi uchun, viloyat davlat arxivi va tadqiqotchilar bilan hamkorlikda ishlangan maqolalar to‘plamini harbiy xizmatchilarning gurux komandiriga estalik sifatida taqdim yetdi.
Harbiy xizmatchilarga ekskursiya davomida arxiv saqlovxonasi va hujjatlari xaqida viloyat davlat arxivi yetakchi arxivchisi N.Murodov tomonidan ma’lumotlar berilib, ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati