Dunyoni «jim qilgan» ofat
#COVID-2019 deb nomlangan va Xitoyning Uxan proventsiyasidan oʼz yurishini boshlagan koronavirus pandemiyasi butun dunyoni larzaga keltirdi. Butun jahon xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini va turmushini ton maʼnoda dunyoni, tabiiy ofatlardan eng qoʼrqinchlisi zilzila misoli “silkitib” qoʼydi. Bugun dunyo “eshik”lari yopiq, koʼchalarda esa jim-jitlik, choʼlda ketayotgan misol ahyon, ahyonda bir odam yoki non tashuvchi moshina koʼzinga koʼrinadi.
Bugun har yili million sayyohni oʼziga jalb qilgan klassik va zamonaviy shaharlar, jahonga mashhur moʼʼjizaviy madaniy meros obʼektlari va dam olish maskanlarini faqatgina qushlar sayr qilib yuribdi. Dunyoning manaman degan, “gegemoniya” terminini lugʼatlarga kirishiga sababchi boʼlgan davlatlar ham ushbu virus qarshisida mukammal qalqon topish ilinjida harakatdalar.
Аyni kunlarda bot-bot eslanayotgan va Yaratganning insonga inʼom etgan neʼmatlarini aynan inson tomonidan paymol etilib kelingani haqiqatdek goʼyo. Insonning goʼzal va shoh fazilatlaridan biri mehr-oqibatlilikning kundan-kunga kamayib borayotgani, bir qorindan talashib tushgan aka-ukalar oʼrtasida uy-joy talashishdek, yoki oʼgʼilning otaga qoʼl koʼtarishdek, qariyalar uyida farzandi bor ota-onalarning yashashidek jirkanch holatlar koʼpaygani ushbu virusning kelishiga sabab boʼlmadimikin deb qolasan kishi.
Men bunga aminman. Hali vaqti kelib bu ofat toʼgʼrisida kinofilьmlar, kerak boʼlsa seriallar, qoʼyinki ertaklar yaratilar. Sababi bugungi demokratik jamiyatda koʼchada niqobsiz yurmaslik, emin-erkin koʼchaga chiqa olmaslik, oʼzingni shaxsiy moshinangda yura olmasliging, bolalaring maktab va bogʼchaga bora olmasligi, 65 yoshdan oshgan qariyaning koʼchaga chiqishining taʼqiqlanishi faqatgina zamonaviy ertaklarda boʼlishi mumkin. Lekin bu koʼzga koʼrinmas “iblis” butun insoniyatni shularga majbur qildi.
Bugun ushbu virusga qarshi kurashishda xalqlar birlashmoqda, bir biriga sadoqat qoʼllarini uzatmoqda.
Virusga qarshi kurashish davomida inson oʼz oilasi bilan yanada yaqin boʼlishga, bir-biriga mehr ulashishga, qariya va miskinlarga yordam berishga intilmoqda. Bu yovga qarshi shunday kurashmogʼimiz darkor.
Zero dunyoni yaxshilik va ezgulik qutqaradi.
T. Moʼminov
Oʼzbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi boʼlim mudiri