“Dunyoni «jim qilgan» ofat” - Arxiv hujjatlarida O‘zbekiston tarixidagi epidemiya va uni bartaraf etish choralari to‘g‘risidagi faktlar

COVID-2019 deb nomlangan va Xitoyning Uxan provensiyasidan o‘z yurishini boshlagan koronavirus pandemiyasi butun dunyoni larzaga keltirdi. Butun jahon xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini va turmushini ton ma’noda dunyoni, tabiiy ofatlardan eng qo‘rqinchlisi zilzila misoli “silkitib” qo‘ydi.
Bugun har yili million sayyohni o‘ziga jalb qilgan klassik va zamonaviy shaharlar, jahonga mashhur mo‘’jizaviy madaniy meros ob’ektlari va dam olish maskanlarini faqatgina qushlar sayr qilib yuribdi. Dunyoning manaman degan, “gegemoniya” terminini lug‘atlarga kirishiga sababchi bo‘lgan davlatlar ham ushbu virus qarshisida mukammal qalqon topish ilinjida harakatdalar.
Jumladan Respublikamizda ham bugungi kunga qadar ushbu virusdan saqlanish hamda kasallikni davolashda bir qancha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu virus insoniyat tarixida uchrayapgan yangi virus ekanligi sabab, virusni oldini olish hamda davolashda yangi tizim, yangi davolash va oldini olish mexanizmlarni uylab topish, ba’zida tugridan-tugri tajribadan utkazish va amalga kiritishni takozo qiladi. Dunyo olimlari qatori O‘zbekiston olimlari ham ushbu yo‘nalishda tinimsiz ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotganliklarini ommaviy axborot vositalari orkali xabardor bulib turibmiz.
Tarixga bir nazar solinadigan bo‘lsa bungacha Respublikamiz o‘tmishida bu kabi yuqumli kasalliklar bo‘lganmi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak?  Agar shunga o‘xshash yuqumli kasallik bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, ular to‘g‘risida  arxivlarda ma’lumot bormi va ular qanday hujjatlarda yoritilgan?
Bunday hujjatlar tibbiyot soqasiga mansub ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, birinchi navbatda bu holatlarni o‘rganishni tibbiyot sohasi hujjatlarini o‘zida saqlaydigan arxiv  muaassasasidan boshlash lozim.
O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan qimmatli hujjatlar bu savollarga javob topishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu arxivda saqlanayotgan hujjatlarni tadqiq qilgan holda yuqoridagi qo‘ygan  savollarimizga javob berishga harakat qilamiz.
Ha, bungacha ham yurtimizda epidemiologik holat kuzatilgan. Arxivda saqlanayotgan ochiq ma’lumotlarga ko‘ra 1965 yilda Qoraqalpog‘istonda vabo epidemiyasi tarqalganligi, ushbu epidemiyaga qarshi kurashish natijasi o‘laroq qisqa muddatlarda bartaraf etilgani ma’lum.
O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi saqlovida o‘sha yillari tarqalgan ushbu yuqumli kasalliklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar “Respublika vaboga qarshi kurashish stansiyasi” (Respublikanskaya protivochumnaya stnatsiya) fondida saqlanib kelinmoqda. Jumladan ushbu fond tarkibidagi saqlov birliklaridan birida 29 yanvar 1965 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 33 Qarorida keltirilgan 250.000 ga maydonda kemiruvchilarni yo‘q qilish, 1 200.000 ga maydonda kemiruvchilarni tadqiq qilish va 600.000 m2 hududni dezenfeksiya qilish chora-tadbirlari bajarilishiga qaramay 1965 yilning 21 sentyabr kuni Nukus vaboga qarshi kurashish stansiyasining laboratoriyasida Nukus shahridan 15 km sharqda, Qoraqalpog‘iston Qizilqumning markaziy qismida kemiruvchilar orasida vabo epizootiyasini qayd etgani, epidemiyani bartaraf etish, hamda ushbu hududda epidemiyalarni oldini olish maqsadida sobiq sovet ittifoqi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2 oktyabr 1965 yildagi 587 sonli buyrug‘iga asosan Nukus shaxar vaboga qarshi kurashish stansiyasini Qoraqalpoq Respublikasi vaboga qarshi kurash stansiyasi qilib qayta tashkil  etilganligi, ko‘pgina tibbiyot mutaxasislari, biolog, zoolog, infeksionistlar Qoraqalpog‘istonga yuborilganligi to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni bilish mumkin.
Shuningdek epidemiyani keng hududlarda tarqalishi oldini olish maqsadida Markaziy Osiyo hududlarida turli vaboga qarshi kurashish otryadlari tashkil etilgan. Jumladan Qizilqum va Ustyurt hududlarida 12 ta vaboga qarshi kurashish epidotryadlari tashkil etililib, 23 ta vrach, 26 ta biolog, 79 ta o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari va 122 ta boshqa ishchi xodimlar va epidotryad faoliyatiga 42 ta avtomashina va 6 ta samolyot jalb qilinganligi arxiv hujjatlarida aks etgan.
1965 yil may oyida Buxoro hududida vaboga qarshi jami 3051 kishi emlangan (o‘rganilgan jami 3677 aholidan). Maydoni 8500 m2 bo‘lgan 322 ta o‘tov va 3780 ta kigiz va adyol ko‘rikdan o‘tkazilgan. “Mikrob” nomli Saratov institutidan Nukus shaxrida tashkil kilingan vabo bo‘limiga 100.000 doza miqdoridagi vaksiya yuborilgan.
Shu kabi ko‘pgina aniq manbaalar bugungi kunda ushbu arxiv fondlarida saqlanmoqda.
Bugungi kunda dunyoga tarqalgan ushbu koronavirus pandemiyasi to‘g‘risidagi hujjatlar, virus tarqalishini oldini olish, profilaktika choralari, davolash ko‘rsatmalari va ilmiy-tadqiqot ishlanmalar hujjatlarini kolleksiya sifatida to‘plash, saqlash va kelgusida ilmiy faoliyatda foydalanish ushbu virusning takrorlanishini oldini olishga katta xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus shtabning 2020 yil 11 apreldagi 18-son qo‘shma yig‘ilish bayoniga asosan davlat arxivlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida ishlab chiqarilayotgan hujjatlarning arxiv kolleksiyasini tashkil etish belgilangan.
Shu nuktai nazardan O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivining jamlash manbai bo‘lgan tibbiyot muassasalaridan koronavirus infeksiyasiga oid hujjatlar yig‘ilmoqda.
Jumladan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “COVID-19 bo‘yicha Milliy ko‘rsatma”, vazirlik tizimidagi bir nechta tibbiyot musassasalari tomonidan qo‘shma qabul qilingan “Koronavirus infeksiyasining etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik xususiyatlari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari” uslubiy qo‘llanmasi, shuningdek turli yuqumli kasalliklar shifoxonalari, tibbiyot muassasalarining koronavirus infeksiyasini oldini olish va davolash bo‘yicha ko‘rsatma va yo‘riqnomalari, infeksiyani oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha qabul qilgan buyruqlarini kolleksiyada yigilgan muhim hujjatlar qatoriga kiritish mumkin.
Bundan tashqari Fitiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan “Koronavirusdan keyingi davrda bemorlar reabilitatsiyasi va dispanserizatsiyasini tashkil  qilish bo‘yicha standartlar” ilmiy-tadqiqot ishining loyihasi  grant olish maksadida innvatsiya loyixasi sifatida takdim kilinan, ushbu standartlar ishlab chikilgan takdirda, bu xujjatlar xam arxiv sakloviga qabul qilishga kelishildi.
Shuningdek ushbu virus tarqalishini oldini olish va davolash yuzasidan Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bugungi kunda chukur va keng mik’yosda  ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kelgusida ilmiy-tadkikot natijalari va ular tugrisidagi xisobotlar  ham ushbu kolleksiya tarkibiga kiritilishi inobatga  olingan.
Ushbu hujjatlarni arxivlarda saqlash,   kelgusida ushbu kasallik tarixi bilan qiziqqan va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istagini bildirgan foydalanuvchilar uchun manbaa bulibgina kolmay balki,   birinchi navbatda,  paydo bulishi mumkin bulgan shunga uxshash xolatlarning oldini olish va vujudga kelgan  takdirda kanday xarakatlar kilish va kanday tadbirlarni amalga oshirish uchun juda zarur muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi bo‘lim mudiri Turg‘un Mo‘minov


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати