E’LON!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek imlosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishni o‘rganishga qiziqqan keng aholi qatlamini o‘quv kurslariga taklif etadi.
Shu bilan birga, o‘zbek tilini o‘rganishni istagan o‘zga millat vakillari uchun “Qiziqarli o‘zbek tili”kursi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mashg‘ulotlar 2 shaklda tashkil qilinadi: an’anaviy hamda masofaviy.O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
O‘quv mashg‘ulotlari Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti homiyligida bepul tashkil qilinadi.
Manzilimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (93) 6037776, (91)1421131