E’lon! Joriy yil 16 avgustdan boshlab O‘zbekiston Milliy arxivining o‘quv zali karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda kundalik rejimda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun ochildi.
Shu bilan birga, bugungi kundagi yurtimizdagi epidemiologik vaziyatidan kelib chiqib, arxivning o‘quv zalida bir mavzu doirasida tadqiqot ishlarini olib borish uchun ikki nafardar ortiq tadqiqotchiga xizmat ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda arxiv hujjatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 706- son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga asosan o‘rnatilgan tartibda foydalanish mumkinligi ma’lum qilinadi.