Endi davlat xizmatiga raqobatbardosh kadrlar avlodi kirib keladi Ulug‘bek Yusupov, “O‘zarxiv” agentligi direktori
Qonunni davlat xizmatchilari katta qiziqish bilan qabul qildi. Xalqimiz esa, Ushbu Qonun bilan davlat xizmatini ko‘rsatish yanada yaxshilanishidan umidi katta.
Qonun bilan kadrlarni ochiq tanlov orqali saralash tizimi joriy etilayotgani quvonarli. Davlat xizmatchilari xizmat pog‘onalarida adolatli o‘sish, erkin faoliyat yuritish kabi huquqlarga ega bo‘lmoqda. Ish vaqti va xaq to‘lashning shakllari tartibga solinmoqda. Endi davlat xizmatchisining xizmat davridagi faoliyati to‘liq kafolatlanadi.
Aminmanki, mazkur Qonunning qabul qilinishi bizning mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatchilarini kasbga layoqatliligini va professionalligini o‘sishida shart-sharoitlar yaratish hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.