E'TIBOR UCHUN KATTA RAHMAT!
Oʼzbekiston Respublikasi "Oʼzarxiv" agentligi direktori U.Yusupovga Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori, professor А.R.Maraximov "TАBRIKNOMА" si topshirildi.
Rektor "Oʼzarxiv" agentligi va uning tizimidagi davlat arxivlarining pandemiya sharoitida 2020 yildagi samarali faoliyatini eʼtirof etgan holda "Yilning eng namunali davlat tashkiloti" nominatsiyasi gʼoliblari safida tanlovdagi munosib oʼrin bilan tabrikladi.
Tabriknomani OʼzMU Tarix fakulteti “Hujjatshunoslik va arxivshunoslik kafedrasi” mudiri, t.f.n., dots. Z. Rahmonqulova fakultet vakillari bilan birga topshirdilar.
Fursatdan foydalanib Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti rahbariyati va jonkuyar ustozlariga eʼtibor uchun katta minnatdorlik bildirib qolamiz!