European Modern Studies Journal
O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori B.M.Axmedov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.X.Abdullayevlarning taniqli xalqaro jurnallardan biri "Yevropa zamonaviy tadqiqotlar jurnali" (European Modern Studies Journal)da arxiv ishi sohasida innovatsion yo‘nalishlar masalalari kiritilgan "Arxivlarda masofadan ishlash va masofadan o‘qitishni tashkil etishning dolzarb masalalari" (Urgent Ussues of Organization of Remote Working and Distance Teaching in Archiving) nomli ilmiy maqola nashr qilindi.