Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Marg’ilon va Qo’qon shaxar davlat arxivlari veb-saytlari ishga tushirildi
Bu esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkkamasining 2013 yil 31-dekabrьdagi “O’zbekiston Respublikasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 355-sonli qarorga muvofiq, boshqaruv organlari va mahalliy davlat xokimiyati idoralarining ishlash tuzilmasini yanada takomillashtirish va shaffofligini taьminlash maqsadida veb-saytlar faoliyatini yo’lga qo’yish dasturi xamda, O’zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonunida nazarda tutilgan rasmiy nashrlar, rasmiy veb-saytlar tashkil etish borasidagi ko’rsatmalarning bajarilishiga misol bo’la oladi.
Shu maqsadda Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan xam veb-saytlarni rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, boshqarmaning rasmiy veb-sayti www.fararchive.uz da sohaga doir yangilik va maqolalar xafta davomida yangilab borilmoqda. Bunga qo’shimcha ravishda sayt foydalanuvchilari o’tkazilgan tadbirlar, seminarlar bilan tanishishlari hamda joriy yilda tashkil etilgan yangi filiallar, ularning manzillari xaqida maьlumot olishlari mumkin. Soha faoliyatini yoritib beruvchi targ’ibot va tashviqot ishlari nafaqat boshqarma veb-sayti orqali, balki, yangi tashkil etilgan Qo’qon va Marg’ilon shaxar davlat arxivlarining veb-saytlarida xam keng yoritildi.
Shu bilan birgalikda veb-saytlarning imkoniyatlarini kenggaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qo’qon va Marg’ilon shaxar davlat arxivlarining veb-saytlari hisoblangan www.archivkokand.uz xamda www.margilanarxiv.uz saytlarini takomillashtirish, interaktiv xizmatlarni yo’lga qo’yish, maьlumot va yangiliklar bilan rus tilida ham tanishib borish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.