Farg'ona viloyat davlat arxiviga quyosh panellari o'rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 20-fevraldagi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona viloyat davlat arxiviga quyosh panellari o’rnatildi. 

Tender g’olibi bo’lgan “Ravshan smart panel invest” MCHJ tomonidan davlat byudjetidan 100 mln so’m va davlat arxivining o’z mablag’lari hisobidan 49 mln, umumiy hisobda 149 mln so’mga 15 kvv quvvatga ega bo’lgan energiya tejovchi qurilmalar sifatli va mustahkam o’rnatilib, ishga tushirildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati