Farg'ona viloyati aholisi diqqatiga!

DIQQAT E’LON!

Hurmatli fuqarolar,
Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Ikkinchi jaxon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimiz  xotirasini abadiylashtirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi davrida yozilgan yozma manbalar, maktublarni  davlat arxivi saqloviga qabul qilish  ishlari olib borilmoqda.

 Mazkur manbalar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan  nashr etiladigan “ASKAR MAKTUBLARI” nomli  kitob-albomida chop etiladi.

Ushbu munosabat bilan  barchangizni  mavzu bo‘yicha yozma manbalarni davlat saqloviga topshirishga chaqirib qolamiz!  Viloyat davlat arxivida Siz tomondan topshirilgan yozma manbalarni maqbul sharoitda saqlovini ta’minlab, tarixni asrab qolish hamda kelajak avlodlarga bus-butun yetkazilishini to‘liq kafolatlaydi!

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmatiga (90-633-47-07, 73-244-03-46)  murojaat etish mumkin.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati