FARG'ONA VILOYATI ARXIV IShI HUDUDIY BOShQARMASI TOMONIDAN ALIShER NAVOIYNING 578 YILLIGIGA BAG'IShLANGAN BADIIY KEChA O'TKAZILDI.
9 fevral - buyuk mutafakkir shoir, olim, musiqachi, rassom va davlat arbobi, turkiy adabiyotning eng buyuk namoyondasi, shu bilan bir qatorda ơzbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni. Shu kun munosabati bilan Farg’ona viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan Farg’ona viloyat yuridik kolleji hamkorligida buyuk shoir tavalludining 578 yilligiga bag’ishlangan tadbir bơlib ơtdi. Mazkur kollejda tashkillashtirilgan tadbirda Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchi va yoshlari hamda kollej ơqituvchi va murabbiylari faol ơquvchilar ishtirok etdilar. Kơtarinki ruhda ơtgan tadbir davomida Navoiy hayoti va ijodi, uning ơzbek tili va adabiyoti rivojida tutgan ơrni, nafaqat shoir, balki davlat arbobi sifatida jamiyat va davlat taraqqiyotiga qơshgan hissasi haqida ma'lumotlar berilib, uning g’azallaridan misralar keltirildi. Shuningdek, ơquvchilar tomonidan Navoiy hayoti bilan bog’liq teatr chiqishlari yig’ilganlarga manzur bơldi. Tadbirda sơz olgan Farg’ona viloyat davlat arxivi direktori M.Axmedov Navoiy ơzbek adabiyoti tarixida beqiyos ơrin tutishi, nafaqat turkiy xalqlar adabiyotiga, balki jahon adabiyoti taraqqiyotiga ham ơziga hos hissa qơshganligini ta'kidlab, tadbir qatnashchilari va tashkilotchilariga ơz minnatdorchiligini bildirgan holda faol qatnashgan ơquvchilarni esdalik sovg’alari bilan taqdirladi. Shu bilan birgalikda tizimdagi boshqa davlat arxivlarida ham bunday tadbirlar tashkil etildi.