Farg'ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida "Siyosiy ma'rifat xaftaligi" tashkil etildi.

Ma'lumki joriy yilning 24-oktabr kuni mamlakatimiz va xalqimiz uchun muhim siyosiy jarayon- O‘zbekiston Respublikasi prezidentligi uchun saylov jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra amaldagi davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev ikkinchi muddatga mamlakat prezidenti etib saylandi. 

Kuni kecha, 6-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Islom Karimov shohko‘chasida (Tashqi ishlar vazirligining sobiq bosh qarorgohi o‘rnida) joylashgan yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo'lib o'tdi.

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochib berib, O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirgan. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi hamda yig‘ilganlar qarshisida nutq so‘zladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi nutqi davomida aytib o‘tilgan asosiy masalalar, bildirib o‘tilgan takliflarni jamoa o‘rtasida keng muhokama qilish maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirokida siyosiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida Prezidentimiz keyingi besh yillikda saylovoldi tashviqoti davomida ta'kidlab o‘tgan g‘oyalarining mazmun-mohiyati, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta'minlash yo‘lida amalga oshirilishilishi belgilab olingan ezgu maqsadlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Ushbu ezgu g‘oyalar mazmun-mohiyati, ularning amalga oshirilishida har bir davlat xizmatchisining mas'uliyati, Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, eng muhimi inson qadr-qimmati uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning kutilayotgan natijalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek,

Sohaga doir qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularni amalga oshirilish mexanizmi hamda arxivlarda ijro etilishiga oid jamoa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil  23-sentabr kungi “Arxiv ishi va ish yuritishga doir ayrim huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 597-sonli qarorining mazmun-mohiyati arxiv xodimlariga yetkazildi.

Ushbu qarorga asosan, endilikda mavzuli so‘rovlarni qabul qilish tartibi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) hamda davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi, ko‘rsatilayotgan arxiv xizmatining bajarilish muddatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, jamoa yig‘ilishlarida muhokama etilishi belgilangan boshqa qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga doir savollarga rahbar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning sohaga doir huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi toqatsizlik bilan kurashish kabi tushunchalarini oshirishdir.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati