Farg‘ona viloyati Quva tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar sayyor qabuli o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Farg‘ona viloyati Quva tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ajrim hujjatlari, kadastr bilan bogʻliq muammolar bilan murojaat qilishdi. Har bir masala atroflicha oʻrganib chiqilib, fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi. Bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Fargʻona viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hamda aholidan kelib tushadigan so‘rovlarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash xususida suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va kelgusidagi rejalar boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Fargʻona viloyatidagi xizmat safari doirasida Fargʻona viloyati davlat arxivi, Oʻzbekiston tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi, Uchkoʻprik tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi, Bogʻdod, Rishton, Oltiariq tuman davlat arxivlarida boʻldi.
Ulugʻbek Yusupov arxivlarda ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi. Mavjud muammolar oʻrganildi.