#G'alaba Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi

Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi
G‘ulomjon Yoqubov (2 may 1915-24 iyun 1944) – ofitser, Sovet Ittifoqi qaxramoni (1945 yil o‘limidan so‘ng), ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi, 1-Belorus fronti, 3-armiyasi 169-o‘qchilar diviziyasi 556- o‘qchi polki avtomatchilar rotasi komandiri, kapitan.
U 1915 yil 2(15) sentyabrda Asaka tuman Mirzaabod qishlog‘ida oddiy dexqon oilasida tavallud topgan. 6 sinfni tamomlab, sobiq Kuybishev nomli jamoa xo‘jaligida ishladi. 1937-1939 yillarda muddatli xarbiy xizmatda bo‘ldi. Xarbiy xizmatdan qaytgach “Savay” davlat xo‘jaligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishladi. 1941 yili u yana xarbiy xizmatga chaqirildi. U o‘sha yili komandirlar tarkibini takomillashtirish kurslarini tamomladi. 1942 yil sentyabr oyida 169-o‘qchi diviziya 556-o‘qchi polkiga keldi va avtomatchilar rotasiga vzvod komandiri etib tayinlandi.
1944 yili yoz oylariga kelib, kapitan G‘.Yoqubov 556-o‘qchi polki avtomatchilar rotasiga komandirlik qildi. U ayniqsa Belorussiyani ozod etish uchun bo‘lgan janglarda o‘zini ko‘rsatdi. Polkning boshqa bo‘linmalaridan uzilib qolgan G‘.Yoqubov mudofaa ishlarini tashkil etdi. 20 soat davom etgan jang davomida rota o‘zidan bir necha marotaba ko‘p kuchga ega bo‘lgan dushmanning 40 dan ortiq hujumini qaytardi. Ushbu jangda kapitan G‘.Yoqubov xalok bo‘ldi va jang bo‘lgan Ludchitsi qishlog‘i tuprog‘iga dafn etildi.
G‘ulom Yoqubov sobiq Ittifoq Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 24 mart kungi Farmoni bilan frontda nemis fashistlariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi va ko‘rsatgan qaxramonligi xamda jasurligi uchun Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. “Oltin Yulduz” medali, Lenin, Qizil Bayroq, II darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordenlari bilan mukofotlangan.
Qaxramonning byusti Asaka shaxriga va Andijon viloyat markazi Andijon shaxridagi Xotira maydoniga o‘rnatilgan.
Ushbu maqola Andijon viloyat Davlat arxivida saqlanayotgan xujjatlar xamda fotoxujjatlar asosida tayyorlandi.