HALQARO HAMKORLIK YO‘LIDA NAVBATDAGI QADAM
Bugun "O‘zarxiv" agentligining O‘zbekistonning Isroildagi Elchisi Feruza Yuldashevna Maxmudova hamda Xolokost hamda yahudiylarning Ikkinchi Jahon urushi davrida O‘zbekistonga evakuatsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid Isroildagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari muhokamasi yuzasidan onlayn formatdagi muzokaralari o‘tkazildi.
Onlayn uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchisi F.Mahmudova, "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari, Isroil davlatidagi Yad va-Shem muzeyi,yahudiy xalqi Markaziy tarixiy arxivi,Iyerusalimdagi Yahudiylar universiteti huzuridagi Buxoro yahudiylari tarixi markazi,“O‘zbekiston-Isroil” do‘stlik jamiyati, Samariyadagi Ariel universiteti va Bar-Ilan universiteti,Yevroosiyo yahudiylar kongressi, Isroil yozuvchilar uyushmasi, Buxoro yahudiylari umumjahon kongressi huzuridagi madaniyat forumi rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.
Oʼzbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchisi Feruza Mahmudova barcha uchrashuv ishtirokchilariga ishtirok uchun oʼz samimiy minnatdorligini bildirib, Isroil va Oʼzbekiston oʼrtasidagi doʼstona munosabatlarni mustahkamlashda "Oʼzarxiv" agentligining Isroildagi arxiv, muzey va olimlar bilan hamkorligini kuchaytirishni ahamiyati toʼgʼrisida gapirdi.
"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov o‘z so‘zida "Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining arxivlari Markaziy Osiyodagi eng boy arxivlardan biri hisoblanib, hujjatlarning saqlov davri 9 asrdan boshlanadi.
Mazkur hujjatlarda nafaqat O‘zbekistonning boy tarixiga oid ma’lumotlar balki yaxudiylarga oid bo‘lgan ma’lumotlar ham mavjud. Bu gapimni uchrashuvimizda ishtirok etayotgan hurmatli David Kalontarov ham tasdiqlaydi.
Biz hozirda Evakuatsiya qilingan yevreylarning elektron bazasini yaratish bilan bog‘liq loyihani amalga oshirish bilan bir qatorda Buxoro yahudiylarining ikkinchi jaxon urushi g‘alabasiga qo‘shgan hissasi yuzasidan arxiv hujjatlari ma’lumotlar bazasini yaratish yuzasidan ham loyihalni amalga oshirishga ham tayyor ekanligimizni bildiramiz.
Loyihani amalga oshirishda hozirda grand mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda, bu loyihaga ham barcha Isroillik hamkasblarimizni chorlaymiz.
Bulardan tashqari Isroil arxivlari bilan ham o‘z aro hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, birgalikdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishga doimo tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz." -deb ta’kidladi
Isroil davlatidan ishtirok etgan mutaxassislarning hamkorlik yuzasidan ijobiy fikrlari eshitildi.
Tadbir yakunida kushimcha ravishda kuyidagi Isroildagi Yad va-Shem muzeyi bilan xamkorlik memorandumi hamda Isroildagi yaxudiylar xalki markaziy arxivi bilan xamkorlik memorandumini ishlab chikish va urnatilgan tartibda imzolashga kelishildi.