HАMKORLIK MEMORАNDUMI IMZOLАNDI

Joriy yil 19 yanvarь kuni Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzarxiv” agentligi 
va “Oʼzbekiston-Isroil” doʼstlik jamiyati oʼrtasida manfaatli munosabatlarni oʼrnatish va idoralararo aloqalarni kengaytirish
hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imzolash marosimida "Oʼzarxiv" agentligi direktori U.Yusupov, "Oʼzbekiston-Isroil" doʼstlik jamiyati direktori S.Gʼulomov va har ikki tomondan masʼul rahbarlar ishtirok etdilar.
Mazkur Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad:
oʼzaro manfaatli hamkorlik munosabatlar va idoralararo aloqalarni yanada kengaytirish,
millatlararo bagʼrikenglik, totuvlik va doʼstona aloqalarni yanada kengaytirish va rivojlantirish,
tenglik, adolat va oʼzaro bir-birini tushunish qadriyatlariga amal qilgan holda ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik, axborot, madaniy, maʼrifiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka yangi sifat berish va uning huquqiy asoslarini mustahkamlashdir.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати