Hujjatlarni raqamlashtirishda hamkorlik ishlari

Hujjatlarni raqamlashtirishda hamkorlik ishlari
Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy arxivi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda arxivda saqlanayotgan alohida qimmatli “Vaqf hujjatlari kolleksiyasi” hujjatlarini raqamlashtirish ishlarini olib bormoqda.
Arxiv xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi qator ishlar hujjatlarning asl nusxasini saqlab qolishda va ulardan keng jamoatchilik tomonidan foydalanishda qulay imkoniyatlar yaratib beradi.