“Hujjatlarni saqlanishini ta’minlash” laboratoriyasi malaka oshirish yo’lida
2017 yilning 24 aprelidan 5 mayiga qadar bo’lgan o’n kunlik muddat ichida “Hujjatlarni saqlanishini ta’minlash” laboratoriyasi Toshkent davlat Sharqshunoslik Instituti qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarq qolyozmalari markazida qog’oz asosidagi hujjatlarni konservatsiya restavratsiya qilish bo’yicha malaka oshirib o’z tajribalarini yanada mustahkamlab qaytdilar.
O’quv jarayonida markazning malakali mutaxassisi Po’latov Shuhrat Zikrillayevich shogirdlari bilan boshchilikda restavratsiya ishlari bo’yicha laboratoriya hodimlari bilan amaliyot ishalri olib bordilar.
Barchamizga ma`lumki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi Markaziy Osiyoning eng yirik arxivlardan biri hisoblanadi.Unda yillar davomida saqlanayotgan o’zining boy tarixiga ega bo’lgan o’ta qimmatli va noyob hujjatlar biz uchun juda qadirlidir. Madaniy me’rosimiz hisoblangan ushbu boyliklarimizni kelajak avlodga bus-butun yetkazishda biz restavratorlarning o’rni juda ahamiyatlidir.
Shuni aytish joyizki, hujjatlarni saqlanishini ta’minlash nafaqat restavratorlar balki, har bir arxiv xodimi va undan bevosita foydalanuvchilarining burchi hisoblanadi. O’rganishlar natijasida laboratoriya xodimlari qisqa muddat davomida o’zlari uchun kerakli ma’limotlarga ega bo’lib, hujjatlarni restavratsiya kanservatsiya qilish jarayoni bo’yicha ijobiy fikrlar bilan qaytdilar. Arxiv hujjatlarini doimiy va uzoq vaqt saqlash markaz restavratorlari va arhivlar oldida hamisha dolzarb masala bo’lib kelgan.