“Hujjatli kino kunlari”
Toshkent shahrida “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent Halqaro kinofestivali doirasida 2022-yil 15-17-sentyabr kunlari “Hujjatli kino kunlari” tadbirlari boshlandi. Tadbirlarni ochilishi yuzasidan “Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi” binosida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov tomonidan festivalning xorijiy mehmonlari va ishtirokchilari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, kinoijodkorlar va matbuot xodimlariga brifingi tashkil etildi. Dastlabki kun Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va “Masterskaya” (“Masterskaya Movie Company”) kinokompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Oʻzbekiston. Yangi tarix” hujjatli film premyerasi bilan boshlandi. “Masterskaya” kinokompaniyasi (Rossiya) prodyuseri Saida Medvedeva ishtirokchilarni kinokompaniya faoliyati haqida tanishtirdi. “Hujjatli kino kunlari” tadbirlari doirasida koʻplab xorijiy mamlakatlarning hujjatli filmlari taqdimoti boʻlib oʻtadi va ular respublikamizning barcha kinoteatrlari va madaniyat markazlarida namoyish etiladi.