Hurmatli jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Joriy yilning 25-aprel kuni, soat 10:00 da Toshkent shahar markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Toshkent shahrida arxiv ishi va ish yuritish holati bo`yicha davlat arxivlariga tashrif mavzusidagi PRESS-TUR o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirga barcha mustaqil jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.
Vaqti: 25-aprel, soat 10:00 da
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Istirohat ko`chasi, 14-uy