Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

Sizni "O‘zarxiv" agentligi tomonidan tashkil etilayotgan "Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish" axborot tizimining ishga tushirilishi" mavzusidagi  matbuot anjumaniga taklif etamiz!

Matbuot anjumanida siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov, 
“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK direktori Nozimjon Dalibayev,
Hamda Agentlik Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Vaqti: 31- mart kuni soat 15:00 da
Manzil: O‘zbekiston Milliy matbuot markazi Toshkent, SHAYXONTOHUR TUMANI, xiyobon NAVOIY, 16


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati