Hurmatli yurtdoshlar, aziz faxriylar!

Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, avvalo, o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta’zim qilamiz.
Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini – azmu shijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.
Barchangizni buyuk G‘alabaning 76 yillik bayrami hamda Xotira va qadrlash kuni bilan chin yurakdan tabriklayman.
Mana shunday musaffo osmon, erkin va ozod hayot uchun kurashlarda g‘olib chiqqan faxriylarimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O‘zarxiv” agentligi direktori     Ulug‘bek Yusupov


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati