Ҳурматли юртдошлар, азиз ҳамкасблар!

Navro‘z – azaliy milliy qadriyatlar timsoli, mehr-oqibat, saxovat va ezgulik ramzi hisoblanadi. Ushbu bayram xalqimizning bag‘rikenglik, yaxshilik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida namoyon etadi.
Tabiatning betimsol qudrati, ona zaminning saxovatini namoyon etadigan Navro‘z - barcha yurtdoshlarimiz uchun eng sevimli bayramga aylangan. Chunki u tinchlik, omonlik, ahillik bayrami hamdir.
“O‘zarxiv” agentligi jamoasi nomidan barchangizni yangilanish va yosharish ayyomi Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Barchangizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Hurmat bilan
“O‘zarxiv” agentligi direktori                                           Ulug‘bek Yusupov
							

													O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati												
													O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali												
													O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi