Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jizzax viloyati davlat arxivdagi holat bo‘yicha munosabat
Joriy yilning 7 may kuni Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovidagi hujjatlar yo‘qolganligi aniqlangan.
Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovida bo‘lgan hujjatlaridan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan va tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 660 s.b. hujjatlar Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida joylashgan ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash maskanidan qaytarib olib kelingan.
Hozirda, Jizzax viloyati davlat arxivida navbatdan tashqari arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini to‘liq tekshirishni amalga oshirilmoqda. Shuningdek, arxiv binosining video kuzatuv kameralari ishchi holatiga keltirildi.
Bulardan tashqari, mazkur holat bo‘yicha, “O‘zarxiv” agentligining Ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyati davlat arxivida xizmat tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Mazkur holat bo‘yicha, Jizzax viloyati prokuraturasi va Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan tekshirishlar olib borilmoqda.
Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar Agentlik tomonidan taqdim etib boriladi.