INNOVATSION G‘OYALAR – YUKSAK NATIJALAR MEZONI
Yurtimiz tarixida 1940-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot og‘ir, hamda, qiyinchiliklar davri hamdir. Ushbu vaziyatda mamlakat aholisining, frontni oziq ovqat kiyim-kechak, sanoat korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlash ishida katta qyinchiliklar yuzaga kelgan.
Mamlakatda vujudga kelgan bu og‘ir vaziyatni muhimligini tushungan O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari urush sharoitida mamlakatga kerak bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berishga qaratib o‘z faoliyatini qayta qurishga kirishganlar.
Biroq bu osonlikcha kechmadi. Urush tufayli markaziy rayonlardan traktorlar, mashina mexanizmlari va boshqa texnika vositalarining respublikaga olib kelinishi uzilib qolganligi, qishloq xo‘jaligida mehnat qiladigan ishchi kuchining asosiy qismi fronga jalb etilganligi (kolxozchilarning 30 foizini fronga ketgan edi.), o‘g‘it va yoqilg‘i bilan qishloq xo‘jaligini yomon ta’minlanganligi katta qiyinchiliklarni keltirib chiqargan.
Urushgacha asosan paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan respublika endi paxtachilik bilan birga qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirishi, frontga, aholiga paxta bilan birga ko‘p miqdorda don, qand lavlagi, pilla, poliz mahsulotlari yetkazib berishi zarur edi.
Bu vazifalarni bajarish o‘z-o‘zidan bo‘lmay qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni tashkil etishga endi qattiqroq, jiddiyroq qarashni talab qilardi. O‘zbek xalqi barcha davrlarda o‘zining tadbirkorligi, aql-zakovati, fidoiyligi bilan ajralib turgan, yuksak o‘rnak namunasi bo‘lgan. Xalqimiz urush yillarida ishbilarmonlik, mehnatsevarlik, xalq manfaatlarini o‘z manfaatidan ustun qo‘yishi kabi sifatlarini har doimgidanda, va boshqalardanda ko‘proq isbotlagan.
Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman davlat arxivi saqlovidagi fond-3, ro‘yxat-1, 114-raqamli yig‘majildda O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Soveti, hamda O‘zbekiston SSR Kompartiyasi bo‘limining “Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani, Stalin nomidagi kolxozda, kolxozchi Buran Arziev tomonidan ishlab chiqarilgan otli kultivatorni kolxoz ishlab chiqarishga joriy etish to‘g‘risi”dagi 693-sonli qarori saqlanmoqda. Ushbu jarayonning yuqori darajada e’tirof etilganligi, hamda amaliyotga to‘liq joriy etilganligi ushbu arxiv hujjati misolida oydinlashadi. Ushbu o‘z davri uchun innovatsion g‘oya hisoblangan ixtiro amalga tadbiq etilishi natijasida yuqori hosildorlikka, ko‘zlangan maqsadga erishilgan.
1944-45 yillarda urush sharoitida soha uchun katta qiyinchiliklar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, davlatga paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda yuqori natijalarga erishilgan. Respublikamiz 1944 yilda paxta tayyorlash yillik rejasini muddatdan oldin oshirib bajarib, davlatga 820 ming tonna paxta yetkazib bergan. Bu 1942 yildagiga nisbatan 325 ming tonna ko‘p edi. Dehqonlarimiz 1945 yilda ham paxta tayyorlash rejasini muddatdan oldin 100, 6 foiz qilib bajarganlar.
Uchbu hujjat Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman davlat arxivida saqlanmoqda.