"Inson qadri"

"Inson qadri" tamoyili asosida 2022 yil 1 choragida "Jizzax viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Jizzax viloyat davlat arxivi rahbari Ziyodulla Isroilov, viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi mutaxassisi Yorqin Usmonov, Jizzax viloyat davlat arxivi axborot xizmati rahbari Aziza Ahadova hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi. Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi mutaxassisi Yorqin Usmonov tomonidan tizimda 2022 yil 1 choragida qilingan ishlar bo'yicha axborot berildi. Matbuot anjuman so'ngida ishtirokchilar savollariga mutaxassislardan javob olishdi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati