“Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022-yil I choragida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani
Mavzu: “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022-yil I choragida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani
Oʻtkazish vaqti: 2022-yil 20-aprel soat 16:00da
Oʻtkazilish joyi: AOKA binosi. Toshkent sh., Navoiy koʻchasi, 30-uy.
Tadbir tashkilotchilari: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Joriy yil 20-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022-yil I choragida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov hisobot berar ekan. Jumladan quyidagilar taʼkidlandi:
“Oʻzarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimini ishlab chiqilib va davlat arxivlarida joriy qilindi.2022-yil 14-aprel holatiga koʻra Oʻzbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 43277 ta fond, 23799 ta roʻyxat, 17461 saqlov birligi va 180 ta hujjat yaratilgan. Hozirda aholi foydalnishi uchun maxsus qidiruv servisi (doc.archive.uz) ishlab chiqilib, “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
Arxiv hujjatlarini navbatdagi maxfiylikdan chiqarish ishlari amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentyabrdagi “ Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi № PF-5834-sonli Farmonining 3- bandida koʻrsatilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan 5-ta fondagi, 15 saqlov birligidagi 655 varaqdagi arxiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bular quyidagi arxiv hujjatlari:
Oʻzbekiston Milliy arxivining I-46qm fondi “ Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga” fondining 23, 51, I-16qm fondi “Upravleniye pereselencheskim delom v Sir-darinskom rayone” fondining 2m-, I-5qm fondi “ Kanselyariya nachalnika Zarafshanskogo okruga kanselyarii Turkestanskogo general-gubernatora” fondining 14m, 22m, 23m, 33m,
I-194qm “Patta-Gisarskaya tomojnya Upravleniya Turkestanskogo tamojennogo okruga sel. Patta-Gisar” fondining 6m, 7m, 9m, 11m, 12m, 13m. 18m -yigʻmajildlari va boshqa shu kabi tarixiy hujjatlar.
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022-yil I choragiga moʻljallangan rejasi 21 ta koʻrsatkichlar boʻyicha bajarilib, shundan 19 ta koʻrsatkich boʻyicha oshirib bajarilgan.
2022-yil 1 chorakni oʻzija Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida qogʻoz asosidagi 33 222 saqlov birligi, 4 455 679 kadr, kino 55 saqlov birligi, surat 6 488 hisob birligi, ovozli 90 saqlov birligi hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi. Shuningdek, davlat arxivlari tomonidan 4 mingdan ziyod roʻyxatlarning elektron nusxalari yaratildi.
“Oʻzarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha 2022-yil I chorak davomida 55 ta nazorat tekshiruvlari oʻtkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qoʻllanilgan chora sifatida 35 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Davlat arxivlari tomonidan tashkilot va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan 223 ta yalpi oʻrganish, 119 ta mavzuli oʻrganish ishlari olib borildi.
Davlat arxivlari oʻquvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish boʻyicha 373 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, 11 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 21 929 saqlov birligi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Agentlikka joriy yil I choragida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 211 ta, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 161 ta, ishonch telefoni orqali 3 ta, yozma tarzda 47 ta murojaatlar kelib tushdi. Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 4 391 ta murojaatlar kelib tushdi hamda oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi taʼminlandi.
Joriy yil I choragida Respublika arxivlariga jami mavzuli soʻrovlar 28 284 ta va 111 135 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan. Arxiv hujjatlari asosida 76 969 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 69 121 tasi ijobiy, 7 884 tasi boʻyicha esa tegishli koʻrsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 15 782 tani tashkil etadi.
2022-yilning 16-fevralda Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Oʻzarxiv” agentligi va Koreya Milliy arxivi tomonidan respublika ilmiy-amaliy seminarini oʻtkazildi. Unda “Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Ko Gyu Chang boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturi” diorasida qator vazifalar belgilab olindi.
Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini olib borish yoʻlida Quddus shahrida 2022-yil 6-aprelda oʻzbek va ingliz tilida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi (Quddus) oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” imzolandi. Toshkent (mart oyi oxirida) va Tel-Aviv (5-6-aprel kunlari) shaharlarida “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi va Respublika yahudiylar milliy madaniy markazi tomonidan “Oʻzbekistonda yahudiylar hayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusidagi koʻrgazma va ilmiy seminar - davra suhbati tashkil etildi.
“Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzusida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan Toshkent Fotosuratlar uyida oʻtkazildi.
Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati, Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: +99855-503-01-50 (3) faks:71- 277-13-35, www. archive.uz