“Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022 yil I choragida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Joriy yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022 yil I choragida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov hisobot berar ekan. Jumladan quyidagilar ta’kidlandi:
 “O‘zarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimini ishlab chiqilib va davlat arxivlarida joriy qilindi.2022 yil 14 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 43277 ta fond, 23799 ta ro‘yxat, 17461 saqlov birligi va 180 ta hujjat yaratilgan. Hozirda aholi foydalnishi uchun maxsus qidiruv servisi (doc.archive.uz) ishlab chiqilib, “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. 
Arxiv hujjatlarini navbatdagi maxfiylikdan chiqarish ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “ O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PF-5834-sonli Farmonining 3- bandida ko‘rsatilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan 5-ta fondagi, 15 saqlov birligidagi 655 varaqdagi arxiv hujjatlari  o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bular quyidagi arxiv hujjatlari:
O‘zbekiston Milliy arxivining I-46qm fondi “ Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga” fondining 23, 51, I-16qm fondi “Upravleniye pereselencheskim delom v Sir-darinskom rayone” fondining 2m-, I-5qm fondi “ Kanselyariya nachalnika Zarafshanskogo okruga kanselyarii Turkestanskogo general-gubernatora” fondining 14m, 22m, 23m, 33m, 
I-194qm “Patta-Gisarskaya tomojnya Upravleniya Turkestanskogo tamojennogo okruga sel. Patta-Gisar” fondining 6m, 7m, 9m, 11m, 12m, 13m. 18m -yig‘majildlari va boshqa shu kabi tarixiy hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022 yil I choragiga mo‘ljallangan rejasi 21 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarilgan. 
2022 yil 1 chorakni o‘zija O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida qog‘oz asosidagi 33 222 saqlov birligi,  4 455 679 kadr, kino 55 saqlov birligi, surat 6 488 hisob birligi, ovozli 90 saqlov birligi  hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi. Shuningdek, davlat arxivlari tomonidan 4 mingdan ziyod ro‘yxatlarning elektron nusxalari yaratildi.
 “O‘zarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yil I chorak davomida 55 ta nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qo‘llanilgan chora sifatida 35 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Davlat arxivlari tomonidan tashkilot va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan 223 ta yalpi o‘rganish, 119 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi. 
Davlat arxivlari o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 373 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 11 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 21 929 saqlov birligi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Agentlikka joriy yil I choragida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 211 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 161 ta, ishonch telefoni orqali 3 ta, yozma tarzda 47 ta murojaatlar kelib tushdi. Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 4 391 ta murojaatlar kelib tushdi hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi ta’minlandi.
Joriy yil I choragida Respublika arxivlariga jami mavzuli so‘rovlar 28 284 ta va 111 135 ta  ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan. Arxiv hujjatlari asosida 76 969 ta so‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 69 121 tasi ijobiy, 7 884 tasi bo‘yicha esa tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar soni 15 782 tani tashkil etadi.
2022 yilning 16 fevralda Toshkent shahridagi Inxa universitetida “O‘zarxiv” agentligi va Koreya Milliy arxivi tomonidan respublika ilmiy-amaliy seminarini o‘tkazildi. Unda “Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Ko Gyu Chang boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturi” diorasida qator vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini olib borish yo‘lida Quddus shahrida 2022 yil 6 aprelda o‘zbek va ingliz tilida “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi (Quddus) o‘rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum” imzolandi. Toshkent (mart oyi oxirida) va Tel-Aviv (5-6 aprel kunlari) shaharlarida “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi va Respublika yahudiylar milliy madaniy markazi tomonidan “O‘zbekistonda yahudiylar hayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusidagi ko‘rgazma va ilmiy seminar - davra suhbati tashkil etildi. 
“Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida “O‘zbek ayoli – o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzusida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan Toshkent Fotosuratlar uyida o‘tkazildi. 
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.