“Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Samarqand viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” bo‘yicha Samarqand viloyati arxiv muassasalariga tashrif” mavzusida press-turga o‘tkazilmoqda
PRESS-RELIZ
Mavzu: “Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida” bagʻishlangan hisobot.
Oʻtkazish vaqti: 2022 yil 28-mart, soat 15:00da
Oʻtkazilish joyi: Samarqand viloyat, Samarqand tuman davlat arxivi
Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqur oʻrin olayotgan ushbu tamoyil yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratmoqda.
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida bugungi kunda 7 ta davlat arxivi, 1 ta davlat arxivining filiali va 12 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan arxiv xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida jami 224 ta xodimlar faoliyat yuritib kelayotgan boʻlsa shundan, 123 nafar erkaklar, 101 nafar ayollar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan 30 yoshgacha boʻlgan hodimlar 34 nafar yoshlarni tashkil etadi.
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida 131 ta kompyuter toʻplamlari, 52 ta printer, 33 ta zamonaviy skanerlar bilan jixozlangan.
Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar shart-sharoyitlar yaratish maqsadida barcha arxivlarda alohida fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.
Ish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida internet tezligi oshirish uchun viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalari bosqichma-bosqich optik tolalari aloqa liniyalariga ulanmoqda.
Bugungi kunda viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida 12600 ta fondda 1 mln 542 ming 524 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan asosiy faoliyatga oid hujjatlar 890 ming 113 saqlov birligini, shaxsiy tarkib hujjatlari esa 646 ming 582 saqlov birligini, shaxsiy kelib chiqish hujjatlari 5 ming 155 saqlov birligini hamda ilmiy- texnikaviy va tibbiyot hujjatlari 674 saqlov birligini tashkil etadi.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining Ekspert tekshiruv komissiyasi (ETK) tomonidan davlat arxivining asosiy jamlash manbai boʻlgan viloyatdagi 114 ta tashkilot, korxona va muassasalarning ichki normativ hujjatlari (Yigʻmajildlar nomenklaturasi, Ish yuritish yoʻriqnomasi, Ekspert komissiyasi nizomlari, Idoraviy arxiv nizomi) koʻrib chiqilib kelishib berildi.
Shuningdek, 2021-yil davomida qogʻoz asosidagi oʻta qimmatli hujjatlarni aniqlash va ularning elektron nusʼhalarini yaratish ishlarini olib borishda arxivlarda oʻta qimmatli xujjatlardan 3587 saqlov birligidagi 896 649 ta kadrdan iborat hujjatlar elektron nusxalar yaratilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan (e.archive.uz) elektron tizimiga bosqichma-bosqich kiritilib borilmoqda.
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman davlat arxivlarida 2020-yil noyabr oyidan boshlab yagona elektron hujjat aylanish (arxiv.ijro.uz app.ijro.uz) tizimi joriy etildi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 495-sonli qaroriga asosan Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentyabrdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 597-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan “Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” va 2-ilovasiga asosan “Mavzuli soʻrovlarni ijro etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglament”lariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan yaratilgan (my.archive.uz) elektron tizimi davlat xizmatlari (my.gov.uz) tizimiga integratsiya qilinib, hozirgi kunda fuqarolarga elektron arxiv maʼlumotnomalarini taqdim etilmoqda.
Viloyat arxiv muassasalari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha 2021-yil davomida viloyat, tuman va shahar muassasalarida jami 62 998 ta, Shundan 44 557 ta ijtimoiy huquqiy, 18 441 ta mavzuli soʻrovlar kelib tushdi. Soʻrovlar belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilib, ularning 56 294 tasi ijobiy hal etildi.
Shundan 46 311 nafar fuqarolarga viloyat arxiv muassasalari tomonidan bepul arxiv xizmati koʻrsatildi.
davlat arxivlarining oʻquv xonalarda joriy yilda 69 nafar tadqiqotchilar ish olib bordilar, ularga 145 saqlov birligidagi hujjatlar taqdim qilindi.
2020-yilda Pastdargʻom va Narpay tuman davlat arxivlarini yangi zamonaviy binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Samarqand tuman davlat arxivi tomonidan 25 dona zamonaviy mobil javonlar sotib olib oʻrnatildi.
2020-yilda Pastdargʻom tuman davlat arxivi tomonidan 170 mln soʻmga 15 ta zamonaviy mobil javon sotib olib oʻrnatildi. Kattaqoʻrgʻon shahar davlat arxivi binosini joriy taʼmirlash uchun 152 mln soʻm mablagʻ sarflandi.
2021-yilda Bulungʻur tuman davlat arxiviga mahalliy byudjet tomonidan 350 mln soʻm. mablagʻ ajratilib, joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
Jumladan, Paxtachi, Oqdaryo va Urgut tuman shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivlari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan arxiv binolari joriy taʼmirdan chiqarildi.
2021-yil 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand viloyati Urgut tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli oʻtkazilib, jami 19 fuqarolarni murojaatlari koʻrib chiqilib tegishli tartibda javob berildi.
Shuningdek, Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi tomonidan “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilda viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida sayyor qabul oʻtkazilib, jami 114 fuqarolarni murojaatlari koʻrib chiqilib tegishli tartibda hal qilindi.
2021-yilda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalaridan jami 31 nafar rahbar va xodimlar malaka oshirish kurslariga ishtirok etishdi.
Joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-sonli qaroriga muvofiq birgina Samarqand viloyatida arxiv sohasida faoliyat yuritib kelayotgan 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan 10 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotga ega xodimlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yoʻnalishiga suhbat asosida oʻqishga qabul qilindi.
Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Axborot xizmati
tel.: (+99866) 233-56-50 faks: 233-53-13, www. samarchive.uz