“Inson qadri uchun” tamoyili asosida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida O‘zbekiston Milliy arxiviga Press-tur

Mavzu: “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida Oʻzbekiston Milliy arxiviga Press-tur

Oʻtkazish vaqti: 2022-yil 6 avgust soat 14:00da

Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Milliy arxivi.

Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi.

Dunyoda roʻy berayotgan globallashuv jarayonida turli davlatlar intellektual salohiyatining muhim boʻgʻini boʻlgan arxivlarning ahamiyati sezilarli darajada oshmoqda. Zamonaviy sharoitda jamiyat tobora oʻtmishni xolisona oʻrganishga va davlatchilikning rivojlanish bosqichlari haqidagi tasavvur doirasini kengaytirishga intilib, haqqoniy tarixni yoritmoqda. Oʻz navbatida tarix fanining rivojlanishi "inson xotirasini saqlovchi dargoh"lar yaʼni oʻziga hos vazifani bajaradigan maxsus muassasalar - arxivlar, kutubxonalar va muzeylar faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda  “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida Oʻzbekiston Milliy arxiviga Press-tur tashkil etildi.

Dastavval “Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev, Oʻzbekiston Milliy arxiv direktori Dilbar Zakirovalar tomonidan Press-tur ishtirokchilariga Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan arxiv hujjatlari, ularni restavratsiya qilish  hamda raqamlashtirish uchun olib borilayotgan amaliy ishlar va saqlanishi uchun koʻrilayotgan choralar xaqida maʼlumot berildi.

Xususan, arxiv ishini samarali tashkil etish masalalarini hal etishni taʼminlash maqsadida bir qator maqsadli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda: arxivlarga davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga, yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda, axborotni olish va tarqatishda, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalariga  alohida eʼtibor berilmoqda.

Hozirda yurtimizda 8,4 million saqlov birligida milliy arxiv fondi hujjatlari mavjud. “Oʻzarxiv” agentligi tizimida 3 ta Oʻzbekiston Milliy arxivlari, 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmasi va ular tizimida 101 ta viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari, shuningdek, 122 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi ishi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib shu kunga jami  2200 dan ziyod tashkilotlar arxivchi va ish yurtiuvchi xodimlar malakasi oshirildi.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari boshlangandan buyon, Oʻzbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan umumiy hisobda deyarli 780 ming s.b.dagi 47,3 mln. kadr raqamlashtirilgan. 2022-yilning oʻzida Davlat arxivlari tomonidan qogʻoz asosidagi hujjatlardan 7 971,8 ming kadr (2021-yil 1 yarim yillikka nisbatan 110%), 164 saqlov birligida kino (101%), 12,1 ming hisob birligida surat (100%), 180 saqlov birligida ovozli (114%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-138-son qarori ijrosi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan kunlik monitoring tashkil etilgan.

2022-yil 1-iyul holatiga Respublika boʻyicha davlat arxivlari tomonidan xatlovdan oʻtkazilgan jami qarorlar (qaror, bayonnoma, buyruq va boshqalar) 460 843 tani tashkil etgan, shu jumladan hokimlik  qarorlari – 408 271 ta, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining qarori –          24 265 ta, kolxoz va sovxozlarning yer ajratish toʻgʻrisidagi bayonnoma va buyruqlari – 29 430 ta. Xatlov natijasida aniqlangan qarorlarning jami 287 020 tasining elektron nusʼhasi yaratilib, jami raqamlashtirilgan kadrlar 1 252 944 tani tashkil etdi.Jami raqamlashtirilgan hujjatlarning elektron nusxalarining 175 644 tasi (61 %), tuman sektor rahbarlariga taqdim etilgan.

Hozirda arxiv sohasida bir qator arxiv xizmatlarini masofadan Internet orqali elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda arxivlarga tashrif buyurmasdan joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron shaklda foydalanish mumkin. Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish, Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash, Mavzuli soʻrovlarni ijro etish xizmatlari shular jumlasidandir.

Ushbu xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq ravishda arxivlarda quyidagi axborot tizimlari joriy etilgan:

1) Arxiv hujjatlarining saqlov xavfsizligini boshqarish va nazorat qilish integratsiyalashgan axborot tizimi

2) Arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimi

3) Shaxsiy tarkib roʻyxatlarini raqamlashtirish dasturi

4) Arxiv hujjatlarining qidiruv tizimi

5) “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi

6) “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi

“Oʻzarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimini ishlab chiqilib va davlat arxivlarida joriy qilindi.2022-yil 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan Tizimda jami 44580 ta fond, 30924 ta roʻyxat (biriktirilgan roʻyxatlar soni 9420 ta), 31183 saqlov birligi va 1225 ta hujjat yaratilgan va 7785 ta kadr biriktirilgan.

Koʻplab xorijiy mamlakatlar arxivlari bilan keng hamkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu ishlarning samarasi oʻlaroq Isroil Davlati bilan oʻrnatilgan diplomatik aloqalarning 30 yilligi doirasida 2022-yilda Al-Aqso majmuasi kutubxonasi tomonidan 45 ga yaqin Al-Buxoriy va At-Termiziyning noyob qoʻlyozmalarining elektron nusxalari “Oʻzarxiv” agentligiga begʻaraz taqdim etilgan hamda Oʻzbekiston Milliy arxivi, Islom sivilizatsiyasi markazi davlat saqloviga oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan.

Alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzarxiv” agentligi va milliy arxivlar veb-saytlari, Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari feysbukda https://www.facebook.com/uzarxiv/ , telegramda https://t.me/uzarxivs , instagramda https://www.instagram.com/uzarxiv/ hamda https://ok.ru/group/61327207956574 va  https://www.youtube.com/channel/UC--M39nMrUhv1gCPkHaliMw orqali yoritib borilmoqda.

Press-tur yakunida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti hamda Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi oʻrtasida “HAMKORLIK MEMORANDUMI” imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo hamda Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi direktori Sherzod Qudratxoʻja mazkur hujjatni uch tomonlama imzoladilar.

Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rahbariyati, Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati