“Inson qadri uchun” tamoyili asosida Xorazm viloyati arxiv muassasalarida amalga oshirilgan ishlar mavzusida PRESS-TUR o‘tkazildi

Joriy yil 22 sentyabr kuni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Xorazm viloyati arxiv muassasalarida amalga oshirilgan ishlar mavzusidagi press-turga o‘tkazildi.
Press-tur ishtirokchilari dastlab Xorazm viloyati Yangibozor tuman davlat arxivida tashrif buyurdilar. Yangibozor tuman davlat arxivi direktori R.Eshamatova jurnalist va blogerlarni arxiv hujjatlari asosida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishtirdi.
Shundan keyin jurnalist va blogerlar Yangibozor tuman davlat arxivida hujjatlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar yaqindan tanishdilar.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarga tuman arxivida saqlanayotgan hujjatlarni raqamlashtirish xamda raqamlashtirilgan hujjatlarni "O‘zarxiv" agentligi tomonidan joriy etilgan arxiv hujjatlarini yagona saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanish e.archive.uz tizimiga kiritish jarayoni bilan tanishdilar. Shular barobarida davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatilayotgan onlayn xizmatlarning bajarilishi bilan ham tanishdilar.
Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tashkil etilgan press-turni davom ettirish uchun Yangibozor tuman davlat arxividan chiqib “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida tashkil qilingan “Davlat arxivlari muzeyi”ga yo‘l olishdilar.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Nurillaboy saroyida “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi “Davlat arxivlari muzeyi”ning eksponatlari hamda “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi “Davlat arxivlari muzeyi”da fotohujjatlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Shundan keyin, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Xorazm viloyati arxiv muassasalarida amalga oshirilgan ishlar mavzusidagi press-tur Xorazm viloyati davlat arxivida davom ettirildi.
“Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish jarayoni yuzasidan Master-Klass o‘tkazildi hamda davlat arxivida hujjatlar hisobini olib borish jarayoni bilan tanishtirildi.
Xorazm viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i R.I.Matrasulov ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar oldida viloyatdagi davlat arxivlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Press-tur yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarga viloyatdagi arxivlar faoliyatini yoritish, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti, arxiv sohasini ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdagi xizmatlari uchun viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati