Islom Karimov nomi O’zbek xalqining qalbida abadiy saqlanib qolajak!

 

Joriy yilning 30 yanvar kuni Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Farg‘ona viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirokida mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tug‘ilgan kunlariga bag‘ishlab ma’naviyat anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvar PQ-2744-sonli qarori bilan mamlakatimizning uchta shahrida Islom Karimov sharafiga haykal o‘rnatilishi barcha viloyatlar markazida markaziy ko‘chalarning nomlanishini, eng quvonarlisi Respublikada Islom Karimov nomi berilgan inshootlar orasida Farg‘ona shahridagi muhtasham San’at saroyiga Islom Karimov nomi berilishi Farg‘onaliklarga faxr va iftixor tuyg‘usini baxsh etganini ta’kidlandi.

Yig’ilganlar O’zbekiston Respublikasi birichi prezidenti xalqning haqiqiy yo’boshchisi, o’tkir siyosatchi va millatning sevimli orasi ekanligini ta’kidladilar.

Islom Karimov nomi O’zbek xalqining qalbida abadiy saqlanib qolajak!

 

Hududiy boshqarma Axborot xizmati