ISO 9001 seriyali standart sertifikati tantanali topshirildi

ISO 9001 seriyali standart sertifikati tantanali topshirildi

Avval xabar qilganimizdek, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxiviga xalqaro ISO 9000 standartlari oilasiga mansub ISO 9001 standartini o‘z ish faoliyatida joriy qilishni tashkil etish asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan edi.

Joriy yilning 7-8-aprel kunlari ISO 9001 xalqaro standartini arxiv faoliyatida joriy etish natijasi va monitoringini o‘rganish maqsadida tegishli tashkilotning auditori arxivda o‘z baholash, kuzatuv va o‘rganishlarini olib borgan edi.

O‘rganishlar natijasida arxivda xalqaro ISO tashkiloti standartlari oilasiga mansub ISO 9001 standartini joriy etilishi muvafaqqiyatli deb topilib, arxivga xalqaro darajada tan olinadigan sifat tizimlarini sertifikati berilishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Joriy yilning 26-aprelida sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxiviga topshirildi. Sertifikatni O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot xujjatlari markaziy davlat arxivi direktori B.M.Axmedovga “CERT INTERNATIONAL” tashkiloti direktori o‘rinbosari bilan birgalikda “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori A.X.Abdullaev topshirdi.

Agentlik Axborot xizmati