IVLP dasturi doirasida Markaziy Osiyodan kelgan delegatsiya tarkibida “Oʻzarxiv” agentligi xalqaro munosabatlar boʻlimi boshlig’i Dilrabo Dadayeva AQShning Boston kollejiga tashrif buyurdi.

Joriy yil 17-iyul kuni IVLP dasturi doirasida Markaziy Osiyodan kelgan delegatsiya tarkibida “Oʻzarxiv” agentligi xalqaro munosabatlar boʻlimi boshlig’i Dilrabo Dadayeva AQShning Boston kollejiga tashrif buyurdi.
Boston kolleji xususiy, notijorat ta'lim muassasasidir. Kollej 568 guruhi, Xalqaro katolik universitetlari federatsiyasi, iezuit kollejlari va universitetlari assotsiatsiyasi, katolik kollejlari va universitetlari assotsiatsiyasi, sport bilan bog'liqlik va a'zolik: Milliy kollej atletika assotsiatsiyasi bilan faol hamkorlik qiladi.
Kollej xalqaro QS reytingiga koʻra dunyodagi eng yaxshi 570 ta universitet qatoriga hamda sanʼat va gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar va menejment, tabiiy fanlar, biotibbiyot fanlari boʻyicha eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi. Kollejning qabul komissiyasi bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida D.Dadayeva Boston universitetining Osiyo tadqiqotlari markazi binosida bo‘lib o‘tgan ishchi uchrashuvda ishtirok etdi. Markaz direktori bo‘lgan fanlar doktori Robert Murovchik bilan muzokaralar olib borildi. U arxeolog kabi kasb egalarini tayyorlashga qanday jalb etish, bunga davlat hissa qo‘shishi nega muhimligi haqida suhbatlashildi, shuningdek, arxeologik yodgorliklar va ulardan topilgan ashyolarni asrab-avaylash vositalari muhokama qilindi. Ikkinchi masala – moddiy va nomoddiy madaniy merosni muhokama qilish va targ‘ib qilishdan iborat bo’ldi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati