Jizzax viloyat davlat arxivlarida PRESS-TUR o‘tkazildi.
Jizzax viloyat davlat arxivlarida PRESS-TUR o‘tkazildi.
2024 yil 29 avgust kuni Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Jizzax viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” bo‘yicha Jizzax viloyati arxiv muassasalariga tashrif” mavzusida Press-tur o‘tkazildi.
Press-tur jarayonida jurnalist va blogerlar Jizzax viloyat hamda Sharof Rashidov tuman davlat arxivlarida bo‘ldilar.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan Jizzax viloyati hamda Respublikadagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib borildi.
Dastlab jurnalistlar Sharof Rashidov tuman davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv hujjatlari va fotoko‘rgazma bilan tanishdi.
Sharof Rashidov tuman davlat arxivi direktori Z.Isroilov tuman davlat arxivida hujjatlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, arxivida hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari, arxivda tashkilotlar hujjatlariga ilmiy texnik ishlov berish jarayoni bilan tanishtirdi.
Press-tur Jizzax viloyat davlat arxivida davom ettirilib, viloyat davlat arxivi direktori B.Usmonov hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni va Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari bilan tanishtirdi.
Press-tur yakunida Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Avliyoxonovning 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida davlat arxivlarida amalga oshirilgan islohatlar hamda belgilab olingan rejalar yuzasidan axboroti tinglandi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida jami 4 ta davlat hamda 11 ta shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivi faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida boshqaruv, shaxsiy tarkib hamda vaqtincha saqlov birligidagi jami 422 798 ta hujjat saqlanib kelinmoqda.
2024 yil 1-yarim yilligi davomida shu tarkibdagi 8049 saqlov birlikda boshqaruv, 2374 ta shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan 11756 ta saqlov birlikdagi hujjatlar qabul qilinib, ularga ilmiy-texnik ishlov berildi, taʼmirlandi, muqovalandi va tikildi.
2024 yil 1-yarim yilligi davomida 169119 saqlov birligidagi, yaʼni jami hujjatlarning 40 % Sovet hamda Mustaqillik davriga mansub boshqaruv hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan bo‘lib, bundan tashqari davlat arxivida saqlanayotgan fondlar bo‘yicha maʼlumotlar bazasi yaratilmoqda.
Hisobot davrida hududlardagi turli korxona muassasa va tashkilotlarda 12 ta nazorat tekshiruvi, 22 ta yalpi hamda 11 ta mavzuli o‘rganishlar o‘tkazildi.
Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi xamda uning tizimidagi arxiv muassasalarida 2024 yil 1-choragiga mo‘ljallangan ish rejasining bajarilishi taʼminlashga qaratilgan samarali ishlar olib borilmoqda va tarmoq ishini rivojlantirishga erishilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlovini taʼminlash bo‘yicha 845 varaq hujjatlar taʼmirlandi, 2815 saqlov birligidagi hujjatlar tikildi va muqovalandi.
Arxiv muassasalari tomonidan 289 saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari xatlovi takomillashtirildi.
Shu davr ichida arxiv muassasalariga fuqarolardan 3502 ta so‘rov kelib tushdi.
Arxiv hujjatlari asosida 3065 so‘rovlar bajarilib, shundan 2969 tasiga ijobiy javob berildi jumladan, oylik maosh bo‘yicha 2148 ta.
Bundan tashqari 1594 ta mavzuli so‘rovlar bajarildi, shundan 1468 tasiga ijobiy javob berildi jumladan, xukm nusxalari 33 ta, mulkka egalik huquqini tasdiqlash qarorlari 1492 ta, notarial xarakatlar 48 ta va boshqalar 21 tani tashkil etadi.
Jizzax viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasiga 2024 yilning 1-yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan jami 28 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, barchasi qanoatlantirildi. (O‘tkan davrga nisbatan 9 ta murojaat kam kelib tushgan)
Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining asosiy ish rejasiga asosan 2024 yilning 1-yarim yilligida viloyatning 6 ta tumanida jismoniy va yuridik shaxs vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda jami 20 nafar fuqaroning sohaga oid muammoli hamda qiziqarli so‘rovlari qanoatlantirildi.
Hisobot davrida Boshqarma hamda uning tizimidagi arxiv muassasalari tomonidan normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 20 ta tashkilotning ish yuritish Yo‘riqnomasi, 22 ta tashkilotning EK Nizomi, 68 ta tashkilotning yig‘majildlar Nomenklaturasi, 22 ta tashkilotning Idoraviy arxiv to‘g‘risidagi Nizomi ishlab chiqildi va Boshqarma huzuridagi Ekspert tekshirish komissiyasi (ETK) da kelishildi.
Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida 2024 yilning 1-yarim yilligi davomida topilgan mablag‘lar xisobiga tizimdagi arxivlar faoliyatini rivojlantirishga karatilgan bir qator samarali ishlar olib borildi.
Jumladan, 2024 yilning 1 yarim yilligi davomida 3 ta kompyuter hamda 2 ta skaner uskunasi xarid qilindi . Fuqarolar qabulini tashkil etish hamda ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida alohida xona ajratilgan bo‘lib, yangi 11 ta stol, 20 stul bilan jihozlangan hamda ko‘rgazmali ustun xarid qilindi.
Bugungi kunda Jizzax viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasi tizimidagi 10 ta SHTX davlat arxivlari Adliya vazirligi tomonidan ajratilgan binolarga ko‘chib o‘tildi. Binolarda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar yaratildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.