Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbiri doirasida arxiv xodimlariga kuz-qish mavsumida elektr va tabiiy gazdan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga va havo-gaz aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarining oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, qutqaruv vositalaridan iborat ko‘rgazma ham o‘tkazildi. Jizzax shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari har bir uskunani qay tartibda ishlatish lozimligini tushuntirib berishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.