Jizzax viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasida O‘zarxiv agentligi direktori U.M.Yusupov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Agentlik direktor o‘rinbosari, mutasaddilari hamda boshqarma va uning tizimida faoliyat yuritib kelayotgan davlat arxivi rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda soha vakillarining ish jarayonlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek Jizzax viloyat davlat arxivida sodir etilgan noqonuniy hatti-harakatlar va boshqa muammoli masalalar tanqidiy muhokama etildi.