Joriy yil 17-oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2024-yil 9 oyligi davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.



































Joriy yil 17-oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2024-yil 9 oyligi davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar haqida axborot berildi: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil 9 oyligiga mo‘ljallangan rejasi 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi.

Xususan, 2024-yil hisobot davriga, O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1 093,7 ming saqlov birligidagi 77,2 mln. kadr raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2024-yil boshidan 93,5 ming saqlov birligidagi qariyb 10,4 mln. kadr raqamlashtirildi. Hisobot davrida O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 2 mln 158  ming maʼlumotlar kiritildi, shundan 49 308 ta fond, 54 527 ta ro‘yxat, 1,03 mln. saqlov birligi va 1,02 mln. hujjat bazasi yaratildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq 9 oyda davlat arxivlari tomonidan axborot tizimiga 996 154 maʼlumotlar kiritildi, shundan 882 ta fond, 3 818 ta ro‘yxat, 328 678 ta saqlov birligi va 662 836 ta hujjat bazasi yaratildi.

Agentlikka 2024-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1356 ta murojaatlar kelib tushdi. 2024-yil 9 oyi davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 384 120 ta  kelib tushgan bo‘lib, ijrosi taʼminlandi.

Arxivlar va Pensiya jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali aholi sarsongarchiligi hamda tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarning oldini olish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2024-yil 26-avgustda “Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun arxiv maʼlumotnomalarini taqdim qilishda fuqarolar ovoragarchiligini bartaraf etish bo‘yicha” qo‘shma ko‘rsatmasi tasdiqlandi va ushbu hujjatda belgilab o‘tilgan vazifalar yuzasidan 2024-yil 17-sentyabr kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda qayd etilganidek, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida imzolangan Qo‘shma ko‘rsatmaga muvofiq fuqarolarga pensiya tayinlash uchun arxiv maʼlumotnomalarini taqdim qilishda fuqarolar ovoragarchiligini yana-da bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, endilikda “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlar fuqarolarning ish haqi va ish stajini hamda yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv maʼlumotnomalarini taqdim etishni qatʼiy ravishda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ko‘rsatadi.

Bundan tashqari aholi uchun yana bir qulaylik yaratildi. Xususan, “Mavzuli so‘rov”lar to‘g‘risida maʼlumotnoma berish xizmatida ariza vakolatli organ tomonidan rad etilgan taqdirda amalga oshirilgan to‘lov bilan 5 ish kuni ichida qayta ariza berish imkoniyati yaratildi

“O‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2024-yil 9 oyligi davomida 272 ta tashkilotda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qo‘llanilgan chora sifatida 249 ta taqdimnomalar kiritilgan, 51 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta materiallar yuborilgan. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 554 ta yalpi o‘rganish, 306 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi.

2024-yil 9 oyida  Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 371 nafar tinglovchi malaka oshirdi.

Davlat arxivlari o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 1 168 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 47 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 28 570 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

Joriy yil sentabr oyida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida kino raqamlashtirish laboratoriyasi yaratildi va yangi zamonaviy kino-skaner qurilmasi o‘rnatildi. Kino hujjatlarini sifatli raqamlashtirish maqsadida 1 dona kinoskaner (Blackmagic Cintel ) uskunasi xarid qilinib, ishga tushirildi. Yangilangan raqamli servoprivodlar, diffuz yorug‘lik manbai va raqamli tasvirni qayta ishlash tizimi tufayli skaner Ultra HD rejimida 35 mm va 16 mm kenglikdagi plyonkani real vaqt rejimida 30 kadr/sekundgacha skanerlash imkonini beradi. Endi eski filmlarni Ultra HD formatida tomosha qilishingiz mumkin! Mazkur skaner 35 mm kenglikdagi negativ va pozitiv kinoplyonkani yuqori sifatli 4K Ultra HD raqamli formatda skanerlash imkoniyatiga ega.

Hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat arxivlarining 38 nafar xodimlari Yuristlar malakasini oshirish markazida umumiy onlayn o‘qitishdan o‘tdilar.

Joriy yilning 9 oyida 5 ta respublika miqyosidagi fotoko‘rgazma, 4 ta konferensiya, arxivlarda 67 ta “Ochiq eshiklar kuni”, 1-sentabr – Mustaqillik bayrami kuni munosabati bilan 39 ta maʼnaviyat tadbirlari, 1 ta Respublika, hududlarda 12 ta  arxiv va fotohujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati