Joriy yil 23-iyul kuni Navoiy viloyati FHDYO va Notarial arxivi binosida “2025-yilning o‘tgan davri mobaynida arxiv ishi borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Joriy yil 23-iyul kuni Navoiy viloyati FHDYO va Notarial arxivi binosida “2025-yilning o‘tgan davri mobaynida arxiv ishi borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek abdullayev, jurnalistlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar haqida axborot berildi: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2025 yil 2-choragiga mo‘ljallangan rejasi 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 8-apreldagi 208-son qarori qabul qilindi.
Hisobot davriga, O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1,18 mln. saqlov birligidagi 87,6 mln. kadr raqamlashtirildi. 2025-yil 2-choragi davomida O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan 54,8 ming. saqlov birligidagi 6,0 mln. kadr raqamlashtirildi. Hisobot davrida “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 672 527 ta maʼlumotlar kiritildi, shundan 890 ta ro‘yxat, 187 330 saqlov birligi, 484 220 ta hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda davlat arxivlarida raqamlashtirish jarayonini yana-da tezlashtirish maqsadida А0, А2, А4 formatdagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish uchun 100 dona skanerlar, arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxalarini yaratishga hamda mikroplenkalardagi hujjatlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mo‘ljallangan xorijiy, zamonaviy uskunalar xarid qilindi.
Vazirlik, idoralar, ularning hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar hamda fuqarolarning 130 169 saqlov birligida boshqaruv, 207 saqlov birligida shaxsiy kelib chiqish, 12 692 saqlov birligida shaxsiy tarkib, 225 saqlov birligida ilmiy-texnik, 27 saqlov birligida kino, 2568 saqlov birligida surat, 60 saqlov birligida ovozli arxiv hujjatlari davlat arxivlari saqloviga qabul qilindi.
2025-yil 2-chorak davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 289 501 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 250 350 ta) kelib tushgan. Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar 233 230 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 194 223 ta) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 120 412 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 87 793 ta), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 112 818 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 106 430 ta) kelib tushgan.
Arxiv hujjatlari asosida 162 020 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 150 814 tasi ijobiy, 11 206 tasi boʻyicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi va taalluqliligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar 63 033 tani, hisobot davrida ijrodagilar 8 177 tani tashkil etadi.
Shuningdek, kelib tushgan mavzuli soʻrovlar 56 271 tani (2024-yil 1-yarim yillkda 56 127 ta) tashkil etib, 56 271 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 45 792 tasi ijobiy, 10 479 tasi tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, davlat arxivlari oʻquvxonalariga 797 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, 15 nafar chet el fuqarolari tadqiqotchilari tashrif buyurishdi hamda 37 347 s.b. arxiv hujjatlari tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Bundan tashqari, 184 ta davlat organi va tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tadbirlari o‘tkazildi, Davlat nazorati tadbirlari natijasida 160 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritildi, tekshirishda aniqlangan qonunbuzilishlari bo‘yicha 33 nafar masʼul xodimlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga yuborildi hamda arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 3 ta material yuborildi.
Arxiv ishi va ish yuritish sohasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida 5 ta hujjat (1 tadana kelishuv, bayonnoma va 3 ta chora-tadbirlar rejasi) imzolangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi (2025-yil 13-15-yanvar) doirasida “Oʻzbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish va jihozlash” grant loyihasi asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida grant mablagʻlarini jalb etish toʻgʻrisidagi Kelishuv” imzolangan.
“Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi muassasalariga xorijiy davlatlardan (Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻizston, Shveysariya, Ozarbayjon, Rossiya, Germaniya) vakillari ishtirokida 10 ta tashriflar tashkil etilgan. Xususan, 2025-yil 23-26-aprel kunlari Buxoro shahrida “Oʻzbekiston-Ozarbayjon aloqalari arxiv foto hujjatlarida” kitob-albomining taqdimoti va “Oʻzbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi qoʻshma arxiv hujjatlari koʻrgazmasi oʻtkazildi.
2025-yil 2-choragida davlat arxivlarida 20 dan ziyod “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etilgan. 15 dan ortiq foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Jumladan, joriy yilning 26-30 iyun kunlari ilk marotaba Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” nomli arxiv hujjatlari fotokoʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1928-2021 yillarga oid suratlar hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan yurtimiz matbuoti va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishini aks ettiruvchi 150 dan ortiq fotohujjatlar namoyish etildi
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.