Joriy yil 28-aprel kuni Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xursanov Rustam Xolmuratovich va O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i Yusupbayeva Altingul Kenesbayevna “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida "Arxiv ishi va elektron arxivlarni tashkil etish asoslari" va “Tashkilotda ish yuritish, elektron hujjat aylanishi va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha malaka oshirish" o‘quv kurslari dasturlari bo‘yicha arxiv xodimlari, idoraviy arxiv xodimlari, tashkilot muassasalarining ish yurituvchilari va arxivariuslarini malakasini oshirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv so‘ngida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, arxivda hujjatlar saqlovini taʼminlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi.