Joriy yil 28 yanvar kuni “O‘zarxiv” agentligida Agentlik rahbariyati bilan Toshkent shahridagi INXA Universiteti rektori Muzaffar Djalolov o‘rtasida ilk hamkorlik muzokaralari o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tizimdagi arxiv muassasalari faoliyati, ulardagi saqlanadigan alohida qimmatli arxiv hujjatlari, joriy etilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari, resurslari va tizimlari haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida INXA Universiteti rektori Muzaffar Djalolov o‘zi boshqarib kelayotgan ta’lim muassasadagi so‘nggi yillardagi joriy etilgan yangiliklar, mavjud shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirdi.
Har ikki tomon respublikada kadrlar tayyorlash masalasi o‘ta muhimligiga to‘xtalgan holda arxiv tizimidagi kadlarni AKT bo‘yicha tizimli ravishda malakasini oshirish hamkorlikning birinchi galdagi vazifalari bo‘lishi xaqida gapirdilar.
Uchrashuv davomida kelgusi hamkorlikning huquqiy mustahkamlash maqsadida rasmiy kelishuv imzolash, “Yo‘l xarita” tuzishga kelishib oldilar.
Mehmonlar O‘zbekiston Milliy arxividagi arxiq hujjatlarining saqlanishi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari, ko‘zgazmalar zaliga qo‘yilgan alohida qimmatli hujjatlar bilan yaqindan tanishdilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати