Joriy yil 29-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Joriy yil 29-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar haqida axborot berildi: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2025 yil 1-choragiga mo‘ljallangan rejasi 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi.
Xususan, 2025-yil 1-choragi davomida “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan 2025-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-son qabul qilindi. Mazkur qaror byurokratik talablar va jarayonlarni bekor qilish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish va arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda mazkur davlat xizmatini foydalanuvchi uchun qulay shaklda ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hisobot davriga, O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1,14 mln. saqlov birligidagi 85,6 mln. kadr raqamlashtirildi. 2025-yil 1-choragi davomida O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan 31,4 ming. saqlov birligidagi 3,9 mln. kadr raqamlashtirildi. Hisobot davrida “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 310 594 ta maʼlumotlar kiritildi, shundan 491 ta ro‘yxat, 89 231 ta saqlov birligi, 220 911 ta hujjat bazasi yaratildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda davlat arxivlarida raqamlashtirish jarayonini yana-da tezlashtirish maqsadida А0, А2, А4 formatdagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish uchun skanerlarga, arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxalarini yaratishga hamda mikroplenkalardagi hujjatlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mo‘ljallangan uskunalar xarid qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Vazirlik, idoralar, ularning hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar hamda fuqarolarning 91 511 saqlov birligidagi arxiv hujjatlari, shulardan 70 538 saqlov birligida boshqaruv, 113 saqlov birligida shaxsiy kelib chiqish, 19 348 saqlov birligida shaxsiy tarkib, 225 saqlov birligida ilmiy-texnik, 12 saqlov birligida kino, 1 255 saqlov birligida surat, 20 saqlov birligida ovozli arxiv hujjatlari davlat arxivlari saqloviga qabul qilindi.
2025-yil 1-chorak davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 147 435 ta (2024-yil 1-chorakda 123 574 ta) kelib tushgan. Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar 120 069 ta (2024-yil 1-chorakda 96 167 ta) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 59 472 ta (2024-yil 1-chorakda 44 128 ta), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 60 597 ta (2024-yil 1-chorakda 52 039 ta) kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 115 036 ta, anʼanaviy pochta va elektron pochta orqali 3 902 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan, 1 131 nafar (2024-yil 1-chorakda 3 094 ta) fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 78 826 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 72 458 tasi ijobiy, 6 368 tasi bo‘yicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi va taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar 32 461 tani, hisobot davrida ijrodagilar 8 782 tani tashkil etadi.
Bundan tashqari, 73 ta davlat organi va tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tadbirlari o‘tkazildi, Davlat nazorati tadbirlari natijasida 67 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritildi, tekshirishda aniqlangan qonunbuzilishlari bo‘yicha 15 nafar masʼul xodimlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga yuborildi.
Shuningdek, Arxiv hujjatlari asosida 27 366 ta so‘rovlar ijrosi bajarilib, shundan davlat arxivlariga 25 127 ta (2024-yil 1-chorakda 25 022 ta), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 2 239 ta (2024-yil 1-chorakda 2 385 ta) so‘rovlar kelib tushgan.
Davlat arxivlari o‘quvxonalariga 431 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 8 nafar chet el fuqarolari tadqiqotchilari tashrif buyurishdi hamda 19 079 saqlov birligidagi arxiv hujjatlari tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Qozog‘iston Respublikasi “Qizilo‘rda viloyati madaniyat, arxivlar va hujjatlashtirish boshqarmasi” KDM rahbari M.Kazbekovaning taklifiga muvofiq, M.Kazbekova va O‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova o‘rtasida 2025-yil 20-fevralda O‘zbekiston Milliy arxivida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida arxiv ishi va ish yuritish, hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlovini taʼminlash va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi. Shuningdek, mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy arxivi ko‘rgazmalar zalida “Qizilo‘rda arxivlarida o‘zbek xalqi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan qo‘shma arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
2025-yil 1-choragida davlat arxivlarida 15 dan ziyod “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etilgan. 10 dan ortiq foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Jumladan, joriy yilning 6-10 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “O‘zbek ayoli – o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida "Sport tarixida matonatli ayol siymosi!" nomli IV Respublika fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.