Joriy yil 30 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Joriy yil 30-yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar haqida axborot berildi: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yilga mo‘ljallangan rejasi 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi.
Xususan, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2024 yil davomida 7 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, shundan, O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi – 1 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi – 1ta, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi – 1 ta, Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi – 4 tani tashkil etdi.
2024-yil hisobot davriga, O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1,1 mln. saqlov birligidagi 81 mln. kadr raqamlashtirildi. 2024 yil davomida O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan 15,4 mln. kadr raqamlashtirildi. Hisobot davrida “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 1 292 550 ta ma’lumotlar kiritildi, shundan 882 ta fond, 4 311 ta ro‘yxat, 402 063 ta saqlov birligi va 885 294 ta hujjatlar bazasi yaratildi.
Joriy yilda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi uchun kino hujjatlarini 4K formatda raqamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy “ Cintel 4K” kinoskaner xarid qilindi. Hozirda arxivda saqlanayotgan kinohujjatlarni 4K formatda qayta raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi bilan Kinofotofono arxiv hujjatlaridan pullik asosda onlayn foydalanish imkoniyatini beruvchi videoportal tizimini ishlab chiqish va joriy etish belgilangan. Kinofotofono arxiv hujjatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatini beruvchi videoportalni 2024 yilda test-sinov tariqasida ishga tushirildi.
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi muassasalarda qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi manbalarni o‘rnatish yuzasidan qator amaliy ishlar olib borilib, bugunga qadar tizimda quyosh paneli – 480 kVt, 2400 litrlik quyosh kollektori o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Mazkur qayta tiklanuvchi energiya tejovchi manbalarni o‘rnatish bilan birga 2024-yilda elektr energiya sarfiga nisbatan 12 % miqdorda quyosh energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichiga erishildi. Shuningdek, ushbu amaliy tadbirlarni davomli bajarishda muqobil energiya manbalaridan foydalanish samaradorligiga erishish maqsadida 2025-yil uchun quyosh paneli – 164 kVt, quyosh kollektori – 1000 l qurilmalarni o‘rnatish rejasi belgilab olindi.
Vazirlik, idoralar, ularning hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar hamda fuqarolarning 258 816 saqlov birligida (125%) boshqaruv, 652 saqlov birligida shaxsiy kelib chiqish, 20 702 saqlov birligida shaxsiy tarkib, 65 saqlov birligida ilmiy-texnik, 73 saqlov birligida (121 %) kino, 4 874 saqlov birligida (131%) surat, 82 saqlov birligida (102%) ovozli, 99 609 saqlov birligida saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar davlat arxivlari saqloviga, 23 407 saqlov birligida boshqaruv, 68 117 saqlov birligida (190%) shaxsiy tarkib, 59 731 saqlov birligida saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari saqloviga qabul qilindi.
2024-yil davomida respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 513 301 ta kelib tushgan. Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar 406 771 ta tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 201 652 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 205 119 ta kelib tushgan.Arxiv hujjatlari asosida 293 163 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 270 961 tasi ijobiy (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlarga nisbatan 67 %), 22 202 tasi (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlarga nisbatan 5 %) bo‘yicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi va taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar 104 156 tani (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlarga nisbatan 26 %), hisobot davrida ijrodagilar 9 452 tani (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlarga nisbatan 2 %) tashkil etadi.
Shuningdek, kelib tushgan mavzuli so‘rovlar 106 530 tani tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 97 971 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 8 559 ta so‘rovlar kelib tushgan. Arxiv hujjatlari asosida 106 530 ta so‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 87 431 tasi ijobiy (kelib tushgan mavzuli so‘rovlarga nisbatan 82 %), 19 099 tasi (kelib tushgan mavzuli so‘rovlarga nisbatan 18%) tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
2024 yilda Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida 592 nafar tinglovchi malaka oshirib, shundan, tinglovchilarning 43 nafari Agentlik tizimidagi, 549 nafari vazirlik va idora hamda tashkilotlarning mas’ul xodimlarini tashkil etdi.
2024 yil davomida “O‘zarxiv” agentligi xamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish ishlari davom ettirildi. Xisobot davrida olib borilgan ishlar natijasida qo‘shimcha ravishda arxivning tarixiy davr maxfiy hujjatlariga tegishli I-715 «Polkovnik A.G.Serebryannikov tomonidan tayyorlangan “Turkiston o‘lkasi. Uni bosib olinishi tarixiga oid materiallar to‘plami” mavzusiga bag‘ishlangan xujjatlar nashriga oid ma’lumotlar ( 1839-1897 yy) (“Подготовительные материалы к составленной полковником А.Г.Серебренниковым публикации документов Туркестанский край. Сборник материалов для истории его завоевания”) fondining 10, 25, 30, 32, 34, 36, 37, 39, 39a, 39b-sonli tarixiy davr hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish ishlari amalga oshirildi. Jami 2024 yil davomida 10 ta saqlov birligidagi tarixiy davr xujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilib, tadqiqotchilar uchun ilmiy muomalaga kiritildi.
Davlat arxivlari o‘quvxonalariga 1 537 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 60 nafar chet el fuqarolari tadqiqotchilari tashrif buyurishdi hamda 93 100 saqlov birligidagi arxiv hujjatlari tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
KOICA tomonidan 2024 yil 14 oktabrdan 23 oktabrgacha o‘tkazilgan “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro dasturida ishtirok etish uchun Agentlik Axborot texnologiyalari va arxiv xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi xodimlari Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Bundan tashqari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistondagi vakolatxonasining taklifiga muvofiq, Koreya ekspertlaridan iborat KOICA delegatsiyasi bilan 2024 yil 3 dekabrda O‘zbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida Agentlik bilan KOICA o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2024 yilda davlat arxivlarida 70 dan ziyod “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etilgan. Noyabr oyida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida arxiv sohasi tarixiga oid bo‘lgan fotoko‘rgazma hamda mavzuga oid konferensiya o‘tkazildi. Fotoko‘rgazmaga 90 dan ortiq foto va 30 ta arxiv hujjatlari taqdim etildi. Mazkur konferensiyada siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimiz va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va ijodi haqida arxiv hujjatlari misolida tasdiqlovchi taqdimotlar qilindi.1-8 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi binosida “O‘zbekiston Konstitutsiyasi yaratilishi tarixi” mavzuida ikkinchi fotoko‘rgazma tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada 150 ta foto va arxiv hujjatlari namoyish etildi. Shuningdek, Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbirlarida 100 dan ortiq foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.