Joriy yil 4 dekabr kuni “O‘zarxiv” agentligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquq va imkoniyatlar manbai” mavzusidagi respublika onlayn tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy arxiv xodimlari faollar zalida to‘plandilar, milliy arxivlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari, viloyat davlat arxivlari rahbarlari esa onlayn ishtirok etdilar.
Tadbirni “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
“Konstitutsiya tarixi, yoxud inson huquqlariga sodiqlikning amaliy ifodasi” , “Konstitutsiyaviy huquq va Konstitutsiyaning ahamiyati”, “Bilimli avlod buyuk kelajakning kafolatidir” mavzularida ma’ruzalar qilindi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати