PRESS-RELIZ
Mavzu: “Korrupsiya davlat va jamiyat tarakkiyotining kushandasi – unga karshi birgalikda kurashaylik” mavzusida vebinar O‘tkazish vaqti: 2020 yil 7 avgust, soat 11:00da O‘tkazilish joyi: “O‘zarxiv” agentligi ZOOM ilovasi orqali. Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 2 uy. Tadbir tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosi yuzasidan “O‘zarxiv” agentligi tizimida ham kator ijobiy rejalar ishlab chikilib bugungi kunda samarali amalga oshirilmokda. Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizim yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qonun qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli qarori, Adliya vazirligidan 2015 yil 25 dekabrda 2745-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida buyruq, hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilinayotgan Davlat dasturlari shular jumlasidandir. Yuqorida nomlari keltirilgan hujjatlar va dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida, eng asosiysi korrupsiyaga qarshi jamoaviy kurashishni targ‘ib qilish va tashkil qilish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi markaziy apparati, 3 ta milliy arxivlar, 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari rahbar-xodimlari ishtirokida xalqaro ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruv tizimi – Qo‘llash uchun talab va takliflar” standartida keltirilgan talablar va takliflarni chuqur o‘rganish va targ‘ibot qilish, hamda kelgusida ushbu standartni ish faoliyatiga joriy etish maqsadida vebinar tashkil etildi. Tadbirga Agentlik Axborot xizmati rahbari A.Aliyev moderatorlik qilib bordi. Vebinarda “CERT ACADEMY GROUP” Xalkaro o‘quv muassasasi ekspertlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, arxivlar faoliyatida ichki jarayon hujjatlarini ishlab chiqish, korrupsiya risklari bo‘lishi mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash, ularga qarshi harakat mexanizmlari ishlab chiqish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Xalqaro ISO 37001:2016 "Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruvi tizimi" O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida muvaffaqiyatli joriy etilgan va muvofiqlik sertifikati olingan. Korrupsiyaga karshi doimiy kurashish va uning oldini olish maksadida arxiv ichki faoliyati bo‘yicha hujjatlar joriy qilish va xodimlar hatti-harakatlari doimiy ravishda monitoring qilish, lozim topilganda hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Vebinar yakunida ushbu tadbir Respublika Arxiv muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga karshi doimiy kurashish yulida ijobiy natijalar berishi ta’kidlandi. Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati tel.: (+99897) 149-70-27 (324) faks: 277-13-35, www. archive.uz
"Yagona va Ishonch telefoni" xizmatidan qoniqdingizmi?
Notes to administration (optional):